Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh hududiga kirmoqchi bo‘lgan ayol otib tashlandi

AQSh hududiga kirmoqchi bo‘lgan ayol otib tashlandi

Foto: «Horacero.com.mx»

AQSh hududiga kirmoqchi bo‘lgan gvatemalalik Klaudia Gonsales amerikalik chegarachilar tomonidan otib tashlandi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

AQSh—Meksika chegarasida o‘z vazifasini ado etayotgan Texas politsiyasi xodimlari Amerika hududiga kirmoqchi bo‘lgan 20 yoshli gvatemalalik qochoq Klaudia Patrisia Gomes Gonsalesni otib tashladi. U voqea joyida halok bo‘ldi. Gomes Gonsalesning yonida yana 3 nafar qochoq bor edi.

Voqeani qo‘l telefonida tasvirga olgan AQShlik fuqaro Marta Martinez videoni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

Yetti daqiqalik videoda Marta Martinez politsiya xodimlariga «Nega qizni otib tashladingiz?» deya baqirgan.

Gvatemalada yashovchi qochoqning oilasi esa qizimiz kambag‘allik tufayli AQShga bormoqchiydi dedi.

Qochoqlarni xushlamaydigan AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasida Amerika bilan Meksika o‘rtasida devor qurishni va’da bergan edi. Oradan 1,5 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, natija yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring