Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh harbiy budjeti Rossiyanikidan 16 karra oshib ketdi

AQSh harbiy budjeti Rossiyanikidan 16 karra oshib ketdi

Foto: «Rubic.us

«Gazeta.ru» yozishicha, AQSh 2020-yil uchun tasdiqlagan harbiy budjet qariyb $750 milliardga yetdi. Bu barcha mamlakatlarning yillik harbiy xarajatlariga teng va Rossiya harbiy budjetidan 16 karra ko‘pdir.

RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putin qatnashgan yig‘ilishda mamlakat harbiy budjeti kattaligi bo‘yicha 2020-yilda 9-o‘ringa tushib ketishini aytgandi. Rossiya harbiy xarajatlari ayni paytda yiliga $46 mlrd.ga teng.  

AQSh umumiy budjetida harbiy xarajatlar ulushi 2017-yilda 14,2 foiz, 2018-yilda 14,7 foiz, 2019-yilda 14,9 foizni tashkil etgan.

Harbiy xarajatlari eng yuqori mamlakatlar ro‘yxatidagi «kuchli beshlik» — AQSh, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston va Fransiya bo‘lib, global harbiy xarajatlarning 60 foizi shularga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring