Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh davlat kotibi Pompeo fevralda O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi Pompeo fevralda O‘zbekistonga keladi

Foto:TASS

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 29-yanvardan 4-fevralga qadar Buyuk Britaniya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Davlat departamenti saytida xabar berildi.

Pompeo dastlab Londonda Boris Jonson, Dominik Raab kabi siyosatchilar uchrashadi, 30- yanvarda esa Kiyevda Ukraina rahbariyati bilan ko‘rishadi. So‘ngra Belarus va Qozog‘iston va nihoyat 2-3-fevralda O‘zbekistonga tashrif amalga oshiriladi. 

Pompeoni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi. AQSh lavlat kotibi shuningdek, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan ham uchrashuv o‘tkazadi. 

Pompeo Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida C5+1 formatida uchrashuv ham o‘tkazadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring