Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«APLda yutish YeChLdan ko‘ra qiyinroq» — Gvardiola

«APLda yutish YeChLdan ko‘ra qiyinroq» — Gvardiola

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatida chempion bo‘lish YeChLda g‘alaba qozonishdan qiyinroq ekanini aytgan.

«APLda yutish YeChLdan ko‘ra qiyinroq. Turlar, o‘yinlar ko‘p, jarohatlar bilar kurashish, har xil holatlar bor. APLda chempion bo‘lish so‘nggi yillarda muvaffaqiyat bo‘lib qoldi. Bu Angliya kubogiga o‘xshab bitta o‘yin emas, bu yerda barqarorlik kerak. Chempionlar ligasi muhim emas, demoqchimasman. Biz finalga chiqishni xohlagandik», degan Gvardiola.

Ayni paytda «Manchester Siti» APL musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ortidan esa «Liverpul» bir ochko farq bilan quvib kelyapti. Barchasini ertaga bir vaqtda boshlanadigan so‘nggi tur o‘yinlari hal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring