Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Anomal jazirama poyezdlarning tezligiga cheklov belgilanishiga yana sabab bo‘lmoqda

Anomal jazirama poyezdlarning tezligiga cheklov belgilanishiga yana sabab bo‘lmoqda

Foto: «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati shuni ma’lum qiladiki, Toshkent - Andijon, Toshkent - Urganch- Xiva, Toshkent - Qo‘ng‘irot, Toshkent - Termiz va Toshkent - Buxoro yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarining harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar tezligiga cheklov belgilandi. Bunga sabab yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida mazkur poyezdlarda bepul mineral suvlar tarqatish yo‘lga qo‘yildi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati o‘z mijozlariga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida ham anomal jazirama tufayli Samarqand - Buxoro, Buxoro - Xiva kabi temir yo‘l uchastkalarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring