Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliyadagi aeroportda ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Angliyadagi aeroportda ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Foto: East Midlands Airport

Angliyaning markaziy qismida joylashgan Ist Midlends aeroportida ikki samolyot bir-biri bilan to‘qnashib ketdi.

To‘qnashuvda Ryanair va Jet2 aviakompaniyalari samolyotlari ishtirok etgan. Ryanair samolyoti shatakka olingan vaqtda qanoti bilan Jet2 samolyotiga tegib ketgan. Bu vaqtda Jet2 samolyoti to‘xtab turish joyida turgan edi.

Samolyotlar o‘zaro to‘qnashib ketishiga quyuq tuman sabab bo‘ldi. Har ikki uchoqda ham yo‘lovchilar bo‘lmagan va hodisa tufayli hech kim jabrlanmadi. Reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritilmagan.

Ryanair aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-700 samolyoti o‘quv-mashg‘ulot vaqtida qo‘llanilardi va hech qanday reysni amalga oshirmagan. Jet2 borasida esa hozircha hech qanday izoh bildirilmadi.

Ayni vaqtda aeroportda ichki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13 aprelda Nepaldagi Lukla shahrida samolyot ikkita vertolyot bilan to‘qnashib ketgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring