Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliyada masjidlarga hujum bo‘lib o‘tdi

Angliyada masjidlarga hujum bo‘lib o‘tdi

Angliyaning Birmingem shahridagi to‘rtta masjidga noma’lum shaxslar tomonidan hujum bo‘ldi. Bu haqida Uest-Midlends grafligi politsiyasi tomonidan xabar qilingan.

Xabarda aytilishicha, 21 martga o‘tar kechasi ikki marta politsiyaga qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Guvohlar masjid oynasini katta bolg‘a bilan sindirgan odamni ko‘rganlarini aytishgan. Politsiyachilar har ikki joyni tekshiruvdan o‘tkazishgan, so‘ngra masjid joylashgan tuman ko‘chalari bo‘ylab aylanib, qo‘riqlashni boshlashgan. Oqibatda yana ikki joyda oyna sindirib ketilganini aniqlashdi.

Ayni vaqtda politsiya masjidga hujum qilgan odamni qidirish bilan band. Jinoyatchining maqsadi aniq emas. Eslatib o‘tamiz, 15 mart sanasida Yangi Zelandiyada ikki masjidga qurolli hujum bo‘lgan va oqibatda terrorchi tomonidan 50 musulmon o‘ldirilgan bo‘lsa, yana 40 dan oshiq odam yaralangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring