Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yana bitta gaz qudug‘i ishga tushirildi

Andijonda yana bitta gaz qudug‘i ishga tushirildi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Buloqboshida yana qo‘shimcha 5 mingta xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlanadi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Kecha, 4-dekabr kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Uchtepa qishlog‘ida joylashgan «Uchtepa neft va gaz koni»ning 12-sonli gaz qudug‘i ishga tushirildi va sanoat miqyosida gaz olindi.

Quduqdan gaz qazib olish hajmi kunlik 50-60 ming/m3 tashkil etadi.

Ayni paytda ushbu gaz qudug‘ining ishga tushirilishi bo‘yicha gaz quvurlarini yotqizish ishlari yakunlandi.

Buning natijasida Andijon viloyati Buloqboshi tumanining yana qo‘shimcha 5 mingta xonadoni tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan ikki yil davomida «Andijonneft» AJ tomonidan «Uchtepa neft va gaz koni»ni o‘zlashtirish va ishga tushirish uchun jami 9 ta neft va gaz quduqlari burg‘ulandi. Mazkur burg‘ulash ishlari natijasida quduqlardan tabiiy gaz olinib, Buloqboshi tumanining 20 mingdan ortiq aholisi gaz bilan ta’minlanishiga erishilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring