Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda o‘quvchi qiz 3-qavatdan tushib ketdi

Andijonda o‘quvchi qiz 3-qavatdan tushib ketdi

19-sentyabr kuni soat 10:30 lar chamasida Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 39-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11 A-sinf o‘quvchisi binoning 3-qavatidan tushib ketgan. Bu xabar avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Andijon IIB ma’lumotiga ko‘ra, u qiz uchinchi soat informatika fani dars mashg‘uloti tugab, tanaffus vaqtida derazada o‘tirgan holatida ehtiyotsizligi oqibatida boshi aylanib, baxtsiz hodisa sababli qulab tushgan.

O‘quvchi zudlik bilan maktabning mas’ul xodimlari tomonidan Izboskan tumanidagi Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan.

O‘quvchi bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida uning bergan og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra, hodisa yuz bergan vaqtda uning atrofida hech kim bo‘lmagani hamda unga nisbatan boshqa shaxs tomonidan qasd qilinmagani, o‘z joniga qasd qilish maqsadida bo‘lmaganini, boshi aylanib ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganini, hozirda salomatligi yaxshi ekanini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring