Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Amirsoy» tog‘ kurorti ochilishi 1 yilga kechiktirildi

«Amirsoy» tog‘ kurorti ochilishi 1 yilga kechiktirildi

Foto: instagram.com/amirsoyresort

O‘zbekistondagi dunyo darajasidagi birinchi tog‘ kurorti loyihasining ochilishi 2019-yilning dekabr oyiga qoldirildi. Bu haqda «Amirsoy» kompaniyasining «Instagram»dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

«Infratuzilmani to‘liqligicha tayyorlash uchun tog‘ kurorti ochilishini 2019-yilning dekabriga ko‘chirdik», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatimizdagi  yagona, xalqaro darajadagi zamonaviy kurort 2018 yilning dekabr oyida to‘liq ishga tushirilishi ma’lum qilingandi.

Mazkur kurortda park-otel, restoran, ekranli barlar, konsert va ko‘rgazma zallari, dor yo‘li, tog‘ chang‘isi trassalari mavjud bo‘ladi. Qishda dam oluvchilar uchun chang‘i, snoubord, tyubing, chana, qorda yuradigan avtomobillar taqdim etiladi. Bolalar uchun arqonli shaharcha, o‘yin maydonlari bor, xohlovchilar chang‘i maktabida chang‘i va snoubord uchish texnikasini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring