Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerika orzusida yurgan fuqarolarni chuv tushirganlar ushlandi (video)

Amerika orzusida yurgan fuqarolarni chuv tushirganlar ushlandi (video)

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahrida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilib, 25 ming AQSh dollari talab qiladi. Mazkur shaxs hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan shaxs Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1996-yilda tug‘ilgan tanishi bilan kelishgan holda, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Turkiya-Armaniston-Nikaragua-Meksika yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni va’da qilib, evaziga 23 ming AQSh dollari talab qiladi. Ammo, ular oldindan 12 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon tumanida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan shaxs Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerikaga yuborishni va’da qilib, evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring