Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Alpomish»lar qancha bo‘lgan? Dostonning yangi talqini

«Alpomish»lar qancha bo‘lgan? Dostonning yangi talqini

Foto: «Xabar.uz»

I Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida Umir baxshi Safarov, Mardanoqul Avliyoqul o‘g‘li tomonidan yozib olingan «Alpomish» dostoni kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda festival Matbuot markazidan xabar berilmoqda.

Ushbu doston Surxondaryo baxshichilik san’atiga tegishli to‘rtinchi — yangi talqini hisoblanadi.

Dostonlardagi umumiy voqealar o‘zgarmagan bo‘lsa-da, ular bir-biridan hajm, motivlar, ba’zi epizodlar butunlay boshqacha badiiy yo‘sinda tasvirlangani bilan ajralib turadi. Umir baxshi Safarov, Mardonaqul Avliyoqul talqinida ham shu jihatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi.

«Kitob taqdimotida so‘zga chiqqanlar, «Alpomish» dostonning o‘quvchilar qo‘liga yetib borgunga qadar jarayonlar, asarning mohiyati va boshqa variantlaridan farqli jihatlarini aytib o‘tishdi. Yangi «Alpomish» dostonida voqealar o‘zgarmaydi, aksincha, badiiy ifodasi jihatidan xalq baxshilarining so‘z qochirimlari bilan mukammallashib, vaqt, davr makonga qarab, ijro vaqtida boyitib boriladi. Shu sababli olimlar tomonidan ularning har biri mustaqil badiiy asar sifatida o‘rganib kelinmoqda», deyiladi xabarda.

Anjumanida, Abdunazar baxshi Poyonovning «Oltin qoboq», Chorsha baxshi, Shoberchi baxshi Boltayev va Abdunazar baxshilarning «Malla savdogar» dostonlari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring