Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Sultonov ham «Book challenge»ni davom ettirdi

Alisher Sultonov ham «Book challenge»ni davom ettirdi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri Alisher Sultonov 26-mart kuni Toshkent shahri, Shayhontohur tumanidagi o‘zi ta’lim olgan 180-umumta’lim o‘rta maktabiga tashrif buyurib, maktab kutubxonasiga shaxsiy kitoblaridan sovg‘a qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari bunday tashabbuslarning muhim ahamiyatga ega ekani haqida gapirib, «har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», deya ta’kidlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring