Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onlar «O‘zbekiston temir yo‘llari»ni kelishuvni buzganlikda ayblamoqda

Afg‘onlar «O‘zbekiston temir yo‘llari»ni kelishuvni buzganlikda ayblamoqda

Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi (ARA) rasmiylari «O‘zbekiston temir yo‘llari»ni Hayraton va Mozori Sharif o‘rtasidagi temir yo‘lning texnik masalalari bo‘yicha yangi kelishuvni buzganlikda ayblamoqda.

ARA rahbari Baxt-ur-Rahmon Sharafat Ariana News nashriga bergan intervyusida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ temir yo‘l aloqasini boshqarish uchun 16 nafar o‘zbekistonlik ish bilan ta’minlanishiga kelishib olganini, ammo hozirda 65 kishini ish bilan ta’minlashni talab qilayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston 1-fevral kuni texnik ishlarni Qozog‘iston kompaniyasiga topshirishi kerak edi, biroq «O‘zbekiston temir yo‘llari» Hayraton porti orqali xalqaro yuk tashishni to‘xtatib qo‘ygan.

«Yagona muammo shundaki, biz 16 nafar texnik xodimni kelishib olgandik. Biroq ular bir tomonlama shartnoma jo‘natishdi, unda 16 xodim o‘rniga 65 nafar xodim qayd etilgan va har birining maoshi 6000 dollarni tashkil etadi. Bu juda katta pul va biz uni to‘lay olmaymiz», – deydi Sharafat.

Mulozim muammoni hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilayotganini, Afg‘onistondan delegatsiya shu maqsadda O‘zbekistonga borishga tayyorligini ta’kidlagan.

Shuningdek, u transafg‘on temir yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom etayotganini aytdi. Bu loyihani xorijlik muhandislar tomonidan amalga oshirilishi 4,8 milliard dollar atrofida baholansa-da, biroq temir yo‘l boshqarmasi rahbari loyihani 2,8 milliard dollarga amalga oshirish mumkinligini ta’kidlamoqda.

BU borada hozircha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ biror rasmiy ma’lumot bermadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring