Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligining yangi tashabbusi Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlandi (video)

Adliya vazirligining yangi tashabbusi Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlandi (video)

Foto: Adliya vazirligi

Xotira abadiy, qadr muqaddas. Bu so‘zlarni har birimiz ko‘p bora eshitganmiz. Qadrlaganni yaratgan ham qadrlaydi. E’zoz tuyg‘usini bilgan insonlar esa, albatta, e’zoz topadi. Bayram kunlari ham yaqinlashmoqda va o‘ziga xos hozirlik ko‘rilmoqda. Adliya vazirligi xayrli tashabbus bilan chiqdi.

Xotira va qadrlash kuni arafasida ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini xotirlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan #xotirakuniadliya xeshteg nomi bilan fleshmobga start berildi.

Mazkur xeshteg bilan vazirlik xodimlari urush yillariga bag‘ishlangan turli video va rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni rejalashtirishgan.

Bu sa’y-harakatlar ajdodlarimizning bukilmas irodasi va qahramonlik harakatlari, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari xotirasiga hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalarini ulug‘lash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqib, Adliya vazirligi:

«Harbiy yillar haqida eng yaxshi hikoya» (bobo-buvilarning hikoyalari, urush hayoti hikoyalari, adliya faxriylarining o‘z ishlari haqida hikoyalari, mustaqil O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining hikoyalari va h.k.). Bunda hajm emas ijodkorlik va qiziqarli bayon etish ma’qullanadi;

«Xotira va qadrlash kuni uchun eng yaxshi tabrik» (tabrik she’riy, nasriy, videorolik ko‘rinishida, tabrik matnlarini o‘qish, qo‘shiq kuylash shaklida bo‘lishi mumkin) nominatsiyalarini e’lon qiladi.

Tanlov ishlarini Adliya vazirligining «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey» sahifasiga joylashtirishingiz mumkin.

Eng ko‘p layk olgan postlar uchun Adliya vazirligi tomonidan maxsus sovg‘a ajratilgan.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan aksiyani vazirlik xodimlari boshlab berdi. Ayniqsa, vazirlik ma’sul xodimlarining harbiy kiyimlarda joylarda urush guvohlarining uylariga borib, ular holidan xabar olganligi esda qolarli va ta’sirli bo‘ldi. Yo‘qlov bahonasida fuqarolarga turli masalalarda huquqiy maslahatlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring