Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Abu Saxiy»dan telefonlar o‘g‘irlab ketildi

«Abu Saxiy»dan telefonlar o‘g‘irlab ketildi

Joriy yilning 14 dekabr kuni taxminan soat 18.30da noma’lum shaxs «Abu Saxiy» savdo majmuasidagi do‘konlardan birining kirish eshigi ochiq qolganligidan foydalanib jami 52.700.000 so‘mlik 25 dona turli rusumdagi uyali telefonlarni o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Chilonzor tumani IIO FMBga xabar kelib tushgan.

«Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 29 yoshli Xabibulla I. aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda», deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring