Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abduqodir Mo‘minovga hukm o‘qildi

Abduqodir Mo‘minovga hukm o‘qildi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 4-avgust kuni bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan sud hukmi o‘qildi. 

Unga ko‘ra, Mo‘minov Jinoyat Kodeksining 59 va 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzli-kesil 3 yil muddatga jurnalist va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Avvalroq, advokat A.Mo‘minovning oilada boquvchi ekanini, muqaddam sudlanmaganini hamda aybiga qisman iqrorligini bildirib, suddan mijoziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turini qo‘llashni so‘ragandi.

Prokuror esa Mo‘minovga nisbatan uzil-kesil 11 yil ozodlikdan mahrum etish va 3 yil davomida jurnalistik faoliyatni cheklash so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring