Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi

Abdulaziz Komilov Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi

2021-yilning 1-2-mart kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif bilan boradi.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi, deyiladi TIV xabarida.

Tomonlar joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring