Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«6 oydan beri maoshsiz ishlayapmiz» — Qurilish vazirligi Shahrisabzdagi kollejga e’tibor qaratadimi?

«6 oydan beri maoshsiz ishlayapmiz» — Qurilish vazirligi Shahrisabzdagi kollejga e’tibor qaratadimi?

Illyustrativ foto

Shahrisabz tumanidagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari 6 oydirki maoshsiz ishlamoqda. Bu haqda ismini oshkor qilishni istamagan o‘qituvchilardan biri ma’lum qildi.

Ta’lim tizimidagi islohotlardan so‘ng taqdiri mavhum tomonga o‘zgargan kasb-hunar kollejlari o‘z xodimlarining ijtimoiy himoyasiga deyarli qayg‘urmay qo‘ygandek... Bu mavhumlikdan so‘ng ko‘pchilik kollejlarni tark etgani ham haqiqat.

Xullas, qolgan ustozlar fidoyilik bilan ta’lim muassasasini tark etmagan bir paytda ularga maoshlar berilishi to‘xtatib qo‘yilgani yomon.

Manbaning aytishicha, dekabr oyida ta’lim dargohi Qurilish vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan. Aytilishicha, mulkchilik shakli boshqa tuzilmaga o‘tkazilganidan so‘ng o‘qituvchi va xodimlarga kompensatsiya ham to‘lab berilmagan. Kollej rahbariyati tomonidan korrupsion holatlarga ham yo‘l qo‘yilgani aytilmoqda.

Qurilish vazirligi tuzilmasida 2ta institut, 14ta kollej va 3ta texnikum mavjud. Maqsad – shundoq ham oqsayotgan qurilish sohasi uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash.

Shahrisabzdagi kollejda 50 nafar o‘qituvchi va xodimlar faoliyat yuritishadi. 162 nafar o‘quvchi 12ta yo‘nalishda kasb-hunar sirlarini o‘rganadi.

Qurilish vazirligi bu masalaga befarq bo‘lmasligini, o‘qituvchilar maoshi bo‘yicha yuzaga kelgan holat bartaraf etilishini kutib qolamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring