Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning 5 tashabbusi haqida she’r o‘qigan qizga «Kobalt» avtomobili topshirildi

Prezidentning 5 tashabbusi haqida she’r o‘qigan qizga «Kobalt» avtomobili topshirildi

Foto:«O‘zA»

Xabaringiz bor, joriy yil 1-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘ka tumanidagi Bo‘ston mahallasiga tashrif buyurib, tumanda 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. Davlatimiz rahbari mazkur mahallaga tashrifi chog‘ida hududda joylashgan 27-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova o‘zining «5 tashabbus» deb nomlangan she’rini o‘qib bergan edi.

Tadbir doirasida Fazilat Yoqubovaga prezident sovg‘asi – «Kobalt» avtomobili topshirildi. 19-Bolalar musiqa va san’at maktabiga «Isuzu» avtobusi berildi.

Prezident sovg‘asini Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Rustam Xolmatov topshirdi.

Shuningdek, o‘tgan oyda O‘zMU talabasi Sardor Bozorboyev ham prezident e’tiboriga tushib, «Kobalt» sohibiga aylangan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring