Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

38 400 dollarga yer sotgan mutasaddi fosh etildi

38 400 dollarga yer sotgan mutasaddi fosh etildi

Yangiyo‘l tumanida yerni noqonuniy sotgan qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Yangiyo‘l tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi rahbari «V.I.B.» fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydonidan 0,30 ga sug‘oriladigan qismini boshqa shaxslarning nomiga o‘tkazib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga fermer xo‘jaligi rahbari Sh.V. orqali 3 nafar fuqarodan 38 400 AQSh dollarini olgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan uy-joy va yer maydoni xarid qilib, o‘zining haydovchisi va qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassisi A.S.ning nomiga rasmiylashtirish orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgani aniqlangan.

Ayni paytda Z.Y.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring