Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

2019-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Foto: «Taraqqiyot strategiyasi» markazi

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqish maqsadida jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.

2019-yil Davlat dasturi loyihasi 253 ta banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 28-dekabr kuni Oliy Majlisga tadqim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy g‘oya va takliflari hamda 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Hujjat loyihasi bilan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan maxsus yaratilgan 2019.strategy.uz veb-sayti yoki Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali tanishish, fikr va takliflarni bildirish mumkin.

Shuningdek, jamoatchilik muhokamalari doirasida fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa instutlari vakkillari ishtirokida davra suhbatlari, munozalar, ochiq muloqotlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muhokamalar davomida kelib tushgan barcha fikr va takliflar natijasida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi.

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hujjat loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

2019.strategy.uz

https://regulation.gov.uz/ru/document/1678

Eslatib o‘tamiz, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili», «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturlari ham fuqarolar bilan maslahatlashgan, fikr va takliflarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring