Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 ta jasad bir qabrga qo‘yildi

100 ta jasad bir qabrga qo‘yildi

Foto: Reuters

G‘azo ahli shaxsi aniqlanmagan 100 ga yaqin jasadni birodarlik qabriga ko‘mdi. Isroilda saqlangan jasadlar kuni kecha falastinliklarga qaytarilgan edi. Ularni ko‘zdan kechirish payti shifokorlar shubhali holatni qayd etgan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, tuproqqa qo‘yilgan jasadlarning bir qismi 2023 yil 7 oktyabrdan buyon davom etayotgan urush payti halok bo‘lganlarga tegishli. Isroil harbiylari G‘azoga bostirib kirgach, qabriston va shifoxonalardan jasadlarni o‘g‘irlab ketgani xabar qilingan edi. Qayta dafn etilgan jasadlar orasida ular ham bor. 

Isroil hujumi vaqtida halok bo‘lgan falastinliklar oshig‘ich ravishda ko‘milgan, ammo urush yakunlanganidan keyin ularning har biri shaxsiga aniqlik kiritiladi.

Falastinning WAFA agentligi xabariga ko‘ra, jasadlarni ko‘zdan kechirish payti ichki a’zolar o‘g‘irlangani aniqlangan. Bu holat Isroil armiyasi falastinliklarning tana a’zolarini yashirincha olib ketayotgani haqidagi ayblovni yana kun tartibiga qaytardi.

Avvalroq qarorgohi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Euro-Med Human Rights Monitor tashkiloti G‘azoda Isroil harbiylari qo‘liga tushgan jasadlarning buyrak, jigar, yurak kabi a’zolari yo‘qolganini haqida xabar bergandi. Tashkilot Isroilni xalqaro huquqqa muvofiq jasadlarni hurmat qilish va tana a’zolari o‘g‘irlanishi yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan.

Isroil armiyasining G‘azodagi bosqini davomida halok bo‘lgan falastinliklar soni 26751 nafarga yetdi. Ularning 11 ming nafari bolalar, 7,5 ming nafari ayollardir. G‘azo sektorining 2,3 million aholisi hayotiga bombalardan tashqari ochlik, tashnalik va yuqumli kasalliklar ham xavf solmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring