Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«G‘alaba uchun maydonga chiqdik, ammo...» — Otabek Shukurov

«G‘alaba uchun maydonga chiqdik, ammo...» — Otabek Shukurov

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov Hindistonga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Guruh bosqichidagi ikkinchi uchrashuvga tayyormiz. Birinchi bahsda durang natija qayd etdik, biroq mag‘lub bo‘lmadik, to‘g‘ri, g‘alaba uchun maydonga chiqdik, ammo dastlabki uchrashuv bosimi ham bizga ta’sir o‘tkazdi. Guruh bosqichidan muvaffaqqiyatli o‘tib, navbatdagi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Hindistonni o‘rganishda davom etyapmiz, juda kuchli jamoa, birinchi uchrashuvda darvozabon xatosigacha juda tartibli o‘yin ko‘rsatishdi. Ular munosib raqib va imkoniyatlarimizdan unumli foydalanib, yaxshi natija qayd etamiz.

Futbolchi sifatida aytishim mumkinki, terma jamoa libosidagi har bir uchrashuv juda muhim. Muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz, barcha futbolchilar ertangi bahsga tayyor».

Avvalroq bosh murabbiy Srechko Katanets Hindistonga qarshi ertangi bahs juda murakkab bo‘lishini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring