Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hakamlarimiz Osiyo kubogi finalida ishlaydi

Hakamlarimiz Osiyo kubogi finalida ishlaydi

Ilgiz Tantashev va Andrey Sapenko Qatar maydonlarida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqasining final bahsi — Iordaniya – Qatar o‘yinida tegishlicha zaxira hakami va zaxira yordamchi hakami sifatida uchrashuv rasmiylari qatoridan o‘rin olishdi.

Ushbu uchrashuvni boshqarish esa xitoylik Ma Ning boshchiligidagi hakamlar jamoasiga ishonib topshirildi.

Iordaniya – Qatar bahsi 10 fevral kuni soat 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) Doha shahridagi «Lusail» stadionida o‘tkaziladi.

Osiyo kubogi | FINAL

IORDANIYa – QATAR

10.02.2024 | 20:00

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring