Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Test natijalarini qanday bilish mumkin?

Test natijalarini qanday bilish mumkin?

Foto: «Xushnudbek.uz»

Kecha test topshirgan 100 mingdan ortiq abituriyentlar intiqlik bilan o‘z natijalarini kutishmoqda. Chunki qoidaga ko‘ra, abituriyent to‘plagan ball xuddi o‘tgan yildagidek test topshirilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi. O‘qishga kirgan yoki kirmaganligi esa barcha test sinovlari yakunlangandan keyin chiqadi.

Ko‘pchilik abituriyentlar o‘z natijasini qayerdan bilish mumkinligini so‘rashmoqda. Bu juda oson.

Abituriyent ruxsatnomasining pastki o‘ng burchagida QR kod bor. Ana o‘sha QR kod ostiga maxsus havola (link) yashiringan bo‘ladi. O‘sha havola ochilsa, abituriyentning test natijasi ko‘rinadi.

QR kodni qanday o‘qish mumkin?

1. Hozirgi zamonaviy smartfonlarning deyarli barchasida QR kodni o‘qish uchun telefon kamerasining o‘zi kifoya qiladi. Alohida qanaqadir programma o‘rnatish shartmas. Shunchaki telefon kamerasini yoqing va abituriyent ruxsatnomasining pastki qismidagi QR kod ustiga kamerani olib boring. Shunda telefon ekranida yozuv paydo bo‘ladi va abitur.dtm.uz saytidagi maxsus uzun havola chiqib keladi. O‘sha havolani brauzer orqali ochsangiz, natijangizni ko‘rish mumkin bo‘ladi.

2. Agar mabodo telefoningiz kamerasini QR kod ustiga olib borganingizda ekranda hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa, unda QR kod o‘qiydigan maxsus ilova yuklab olishingiz kerak bo‘ladi. Masalan, mana dasturni yuklab olishingiz mumkin:

https://play.google.com/store/apps/details?id=tw.mobileapp.qrcode.banner&hl=en_US

Kechagi test natijasi bugun bir necha soatlar ichida e’lon qilinishi kutilmoqda. Ozgina sabr qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring