Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahnoza Soatova

Ki har ne olami sug‘roda mavjud, Bori bu olami kubroda mavjud. (Alisher Navoiy)

Suvni rostan ham ko‘p isrof qilmoqdamiz

Suvni rostan ham ko‘p isrof qilmoqdamiz

Foto: Xabar.uz

Suvni rostanam ko‘p isrof qilamiz, ichmaymiz, aynan isrof qilamiz.

20 yildan keyin bolalarimiz cho‘lda yashayotganida mana shu bema’ni «xayp» uchun bizni qarg‘asa, haqli bo‘ladi. Har narsaga gurra ko‘tarilavermay, sal o‘ylab ko‘ringlar.

Bizda asosiy suv isrofi (90%) qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Ham ma’nan, ham jisman eskirgan irrigatsiya tizimimiz va suvga nisbatan mas’uliyatsiz munosabatimiz tufayli qancha suv isrof bo‘layotganini tasavvur ham qilolmasa kerak shu xaypchilar.

Qurg‘oq makonning qoq o‘rtasida yashab turib sharillatib suv oqizib idish, gilam, mashina yuvadigan odamlar «ko‘p suv ichyapmiz» degan gapga istehzo qilishini tushunmayman, rosti.

Asli qishloq xo‘jaligimi, maishiy turmushmi — farqi yo‘q, hamma balo bizning suvga munosabatimizda, «suv tekin» degan dunyoqarashimizdadir. Hozirgi ahvolimizda bu g‘irt varvarcha fikrlash, men sizlarga aytsam.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2040 yilga kelib O‘zbekiston 60% gacha suv tanqisligiga duch keladi.

Shunda istehzo va kulgiga holimiz qolarmikan? Ulkan cho‘lga aylanamiz bu ketishda, o‘rtoqlar!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring