Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SSV haj va umra ziyoratiga yo‘l olayotganlarni koronavirusdan ogohlantirdi

SSV haj va umra ziyoratiga yo‘l olayotganlarni koronavirusdan ogohlantirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi safarga yo‘l olgan, haj va umra amallarini bajarayotganlar uchun eslatma bilan chiqish qildi.

— Spirtli nam salfetkalar yordamida qo‘llaringizni tez-tez artib turing, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning yoki qo‘llaringizni sovun bilan yuving.

— Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqindan muloqot va aloqa qilishdan chekining.

— Yuzingizni qo‘l bilan ko‘p ushlamang.

— Yo‘talganda va burningizni qoqqaningizda og‘zingiz bilan burningizga salfetka tuting. Undan keyin salfetkani darhol axlatga tashlang va qo‘lingizni yuving.

— Betobligingizni sezsangiz, Siz bilan safarga chiqqan guruh a’zolaringizga bu haqda xabar bering va imkon bo‘lishi bilan shifokorga murojaat qiling.

— Faqat yaxshilab pishirilgan (qaynatilgan yoki qovurilgan) ovqatni iste’mol qiling.

— Jamoat joylarida tupurmang.

— Kasal uy hayvonlari bilan, jumladan, safarlarda yaqin aloqadan yiroq bo‘ling.

— Safaringizdan oldin Sizda shamollash yoki gripp (o‘tkir respirator kasallik) alomatlari kuzatilsa, safarni bekor qiling va zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

— Doim og‘iz va burun niqoblaridan foydalanishni va yashash uyingizni toza havo bilan shamollatishni unutmang.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring