Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sochiqning salomatlik uchun xavfli tomonini aniqlandi

Sochiqning salomatlik uchun xavfli tomonini aniqlandi

Mutaxassislar hammomdagi bir qarashda toza bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan oddiy sochiq qanday xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qilishdi.

Deyarli barcha hammomlarda nam va iliq iqlim mavjudligi sog‘liq uchun zararli bo‘lgan ko‘plab bakteriyalarning mato yuzasida paydo bo‘lishiga olib kelar ekan, deya ma’lum qildi belnovosti.by.

Gap shundaki, bunday sharoitda bakteriyalar sochiqlarga o‘ralgan holda ko‘payadi.

Buning sababi qo‘llarni toza yuvmaslik yoki bir nechta kishining bitta sochiqni ishlatishi bo‘lishi mumkin.

Keyingi keng tarqalgan xato – sochiqlarni tez-tez almashtirmaslik.

Shifokorlar kamida uch kunda bir marta sochiqni almashtirishni maslahat berishadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, sochiqlarni, albatta, 60 daraja haroratda yuvish kerak.

Manba: xs.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring