Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Birgina odat ko‘p kasalliklarning oldini oladi

Birgina odat ko‘p kasalliklarning oldini oladi

10 yildan beri ishga 33 kilometrdan piyoda qatnayotgan detroytlik (AQSh) ishchi.

Salomatlikni yaxshilash uchun yengil yechimlar qidirish bilan nafaqat diyetologlar va blogerlar, hatto olimlar ham ham jiddiy shug‘ullanishmoqda. Xomtama bo‘lmang — hech qanday sehrli dori yo‘q. Oddiy, ammo juda foydali odatlar esa istalgancha topiladi, salomatligimizni yaxshilab olishimiz uchun ba’zida shularning o‘zi ham kifoya qiladi. Kardiolog Natalya Ivanyuk o‘z Instagram-sahifasida shulardan biriga to‘xtaldi.

Muntazam piyoda yurish kerak, faqat sal boshqacharoq. Ivanyuk yozishicha, tezlik 6-7 km/soat atrofida, qo‘llar xuddi shoshilib ketayotgandagi kabi tinmay harakatda bo‘lishi kerak. Nafaqat stressga qarshi kurashishda qo‘l keladi, shuningdek, stress gormoni — kortizolni pasaytirib, miya faoliyatini yaxshilaydi.

Yayov yuriladigan yo‘nalishlar yangilanib turilsa, miya faolligi oshgani sababli, xotira, diqqat va fikrlash yaxshilanadi.

Qolaversa, doimiy piyoda yurish qon bosimi, puls, xolesterin va vaznni barqarorlashtiradi.

Yurish bahona D vitaminiga boy musaffo bahor havosidan to‘yib-to‘yib nafas olasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring