Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Savol: «Folganing qaysi tomoni o‘ng?»

Savol: «Folganing qaysi tomoni o‘ng?»

Foto: «Masterok.livejournal.com»

Alyuminiy folga qog‘ozining bir tomoni glyansli (yaltiroq), bir tomoni xira tusda bo‘lishini ko‘pchilik biladi, albatta. Ammo uning qaysi tomoni o‘ng yoki chap — bundan hamma ham boxabar bo‘lmasa kerak. Folganing shu va boshqa xususiyatlari haqida «Bild» nashri qiziqarli ma’lumotlarni chop etdi. Demak, tanishamiz. 

Yuqoridagi savolga javob berishdan oldin e’tiboringizni bir jihatga tortmoqchimiz: folganing yaltiroq tomoni yorug‘lik va issiqni qisman qisman qaytaradi, xira tomoni esa, aksincha, o‘ziga yutadi.

Demak, bir narsaga aniqlik kiritib oldik, folganing o‘ng-chapi yo‘q, gap uni qanday maqsadda ishlatishda.

Masalan, siz taomning ko‘proq vaqt issiq saqlanishini istasangiz, folgani yaltiroq tomonini ichkariga qilib o‘rang. Aksincha, taom sovuq holatda turishini istasangiz, folgani yaltiroq tomonini tashqariga qilib o‘rang.

Endi asosiy masalaga o‘tamiz: taom tayorlashda nima qilish kerak? Javob oddiy — hech qanday farqi yo‘q.

Nega folganing tomonlari ikki xil?

Bu ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq. Alyuminiy doim ikki qavat qilib o‘raladi. Ya’ni o‘ragich (valik)ga tegib o‘tuvchi tomoni yaltiroq, ichki tomoni xira bo‘lib chiqadi. Tayyor folganing har bir qatlami qalinligi 10 dan 15 mikpongacha (0,01-0,015 mm) bo‘ladi.

Foto: «Bild»

Diqqat qiling! Folga kislota bilan chiqishmaydi, shunday ekan folgaga o‘rashdan oldin baliqqa limon suvini sepmang. Alyuminiy organizmda to‘planib borishi, me’yordan oshib ketganda esa miya hujayralariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, anemiya va artritga, osteoporozning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring