Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Firibgarlikning yangi turidan himoyalanish usullari aytildi

Firibgarlikning yangi turidan himoyalanish usullari aytildi

Foto: Xabar.uz

So‘nggi vaqtlarda fuqarolarga telefon qo‘ng‘iroqlari orqali o‘zini «tergovchi» deb tanishtirib, ularga yaqin qarindoshlaridan biri yo‘l-transport hodisasi sodir etganligini aytib, aldov yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirganlik holatlari aniqlanayotgani haqida xabar qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi bunday aldovlardan himoyalanish uchun o‘z tavsiyalarini berdi:

  1. Yo‘l transport hodisasiga uchragan yaqin qarindoshingizga telefon qilish va undan holat bo‘yicha so‘rab surishtirishingiz;
  2. Yaqiningizga bog‘lana olmasangiz, aldov uchun nomi foydalanilgan tashkilotga murojaat qilib aniqlik kiritishingiz tavsiya etiladi.

«Hech qaysi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Sizdan pul talab qilmaydi!», qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring