Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kir mashinada nima yuvib bo‘lmaydi?

Kir mashinada nima yuvib bo‘lmaydi?

Foto: «RAMBLER»

Bir qarashda, zamonaviy kir yuvish mashinalari har qanday kiyimni uddalaydigandek. Biroq shunday buyumlar borki, ular kir yuvish mashinasini ishdan chiqaradi yoki uni yaroqsiz holga keltiradi.

Suv o‘tkazmaydigan kiyim

Odatda bularga vetrovka, qishki kurtka va faol hordiq uchun mo‘ljallangan kiyimlar kiradi. Ular himoya qatlamli maxsus matodan iborat. Namlik o‘tkazmaydigan o‘ziga xos suyuqlik bilan qoplangan kiyimlar ham bor. Bunday buyumlarni parvarish qilish juda oson: ularni oddiy nam salfetka bilan artib olish kerak. Mabodo yuvishga ahd qilgan bo‘lsangiz, himoya qatlami ishdan chiqib, suv o‘tkaza boshlaydi.

Bezakli buyumlar

Bezakli liboslarni faqat qo‘lda yoki maxsus xaltachalarda yuvish kerak. Mashina barabani shu darajada kuchli aylanadiki, mayda munchoqli bezaklar sochilib ketishi, sun’iy qimmatbaho toshlar esa ko‘chib tushishi mumkin. Bunda ularni topib, o‘rniga yelimlab qo‘yish amrimahol. Ulardan suv to‘kadigan rezina ichakka ziyon yetkazishi turgan gap. Agar dekor yirik bo‘lsa, filtrni to‘ldirib, texnikani buzib qo‘yadi.

Kostyum va palto

Odatda klassik liboslar shaklini, masalan, yelka yoki qaytarma yoqalarini ushlab turishga yordam beradigan turli-tuman qattiq elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Ayrim palto va pidjaklar esa kir yuvish mashinasiga dosh berolmaydigan matolardan tayyorlanadi: tvid, drap va jun. Agar palto yoki kostyumni kir mashinada yuvsangiz, ular shu darajada ishdan chiqadiki, keyin ularni bug‘lab ham asl holiga qaytarolmaysiz.

Teri mahsulotlari

Mazkur materialdan tayyorlangan deyarli barcha kiyim va aksessuarlar namlikni ko‘tarolmaydi. Yuvgandan so‘ng ular noziklashib ketadi: kengayishi, cho‘kishi yoki deformatsiyaga uchrashi mumkin. Terining o‘rnini bosuvchi materiallardan tikilgan buyumlar esa yorilib ketishi va yirtilishi mumkin. Shuningdek, buyumning bo‘yog‘i o‘chishi hech gap emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring