Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning bosh infeksionisti koronavirus ustidan g‘alaba qozonish shartini aytdi

AQShning bosh infeksionisti koronavirus ustidan g‘alaba qozonish shartini aytdi

Foto: «Censor.net.ua»

Amerikalik infeksionist, AQShda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi guruh bosh eksperti doktor Entoni Fauchi koronavirus tarqalishini to‘xtatish yo‘llarini aytdi. Bu haqda «The Mirror» xabar berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, odamlar niqob taqishni o‘rgansa, kamida ikki metrlik ijtimoiy masofa saqlash qoidasiga amal qilsa, shuningdek, tinmay qo‘llarini yuvib yursa, koronavirus ustidan g‘alaba qozonish mumkin. Bundan tashqari, shifokor restoran va kafelarga borish odatidan vaqtincha voz kechish kerak deb hisoblaydi.

Oq uy maslahatchisi hisoblanmish Fauchi infeksiyaga qarshi kurashish masalasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bir necha bor muzokaralarga kirishgan. Uning aytishicha, mamlakatda kasallikning tarqalishiga iyul o‘rtalarida cheklov qoidalarining yumshatilishi sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring