Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: Yagona to‘g‘ri yo‘l – xalqimiz manfaatini ko‘zlab ish olib boryapmiz

Prezident: Yagona to‘g‘ri yo‘l – xalqimiz manfaatini ko‘zlab ish olib boryapmiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni taqdirlash marosimida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari nutqi davomida turli masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

«Biz tahlikali zamonda yashayapmiz. Bunday vaziyatda biz o‘zimizning manfaatimizni o‘ylab, o‘zimiz uchun harakat qilyapmiz. Yakka-yagona to‘g‘ri yo‘limiz — xalqimizning manfaatini ko‘zlab ish olib boryapmiz. Bizga hech kim chetdan kelib yordam bermaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari shuningdek taqdirlanayotgan hamyurtlarimizni bayram va mukofot bilan tabrikladi.

«Turli soha va tarmoqlarda ibrat va namuna bo‘lib mehnat qilayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz yuksak mukofotlar bilan taqdirlandilar. An’anaga muvofiq, bugun sizga mana shu faxrli unvon, orden va medallarni topshirish uchun yig‘ildik. Davlatimizning oliy mukofotlarini siz azizlarga – o‘z egalariga topshirish men uchun haqiqatan ham katta sharafdir», — dedi Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring