Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TURKSOYning 30 yilligi: Toshkentda turkiy davlatlar san’atkorlari konsert beradi

TURKSOYning 30 yilligi: Toshkentda turkiy davlatlar san’atkorlari konsert beradi

Joriy yil 6-iyundan 30-iyunga qadar TURKSOYga a’zo davlatlarda ushbu xalqaro tashkilotning 30 yilligi munosabati bilan nishonlanadigan yubiley tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni kunlarda tashkilotga azo davlatlar vakillari, jumladan O‘zbekiston Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya ham Qozog‘istonda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif chog‘ida Ozodbek Nazarbekovning TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqotda tashkilot bilan hamkorlikda joriy yil yakuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilingan.

“Xususan, Beruniy tavalludining 1050 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi, G‘ofur G‘ulom tavalludining 120 yilligini turkiy dunyo miqyosida yuqori saviyada o‘tkazish masalalari, shular jumlasidandir. 

Shuningdek, shu oy oxirida poytaxtimizda TURKSOYning 30 yilligiga bag‘ishlab turkiy davlatlar san’at ustalari ishtirokida qo‘shma konsert tashkil etish yuzasidan fikr almashdik”, – deydi Nazarbekov.

Shuningdek, Qozog‘iston Madaniyat va sport vaziri Asxad Oralov bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tgani va unda O‘zbekistonda Qozog‘iston madaniyati va kino san’ati kunlarini o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. 18-23 iyun kunlari Toshkentda Qozog‘iston madaniyati va kino kunlari tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ayni  paytda bu borada ikki tomonlama tashkiliy tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgani ta’kidlandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring