Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda uka o‘z akasini o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentda uka o‘z akasini o‘ldirib qo‘ydi

Joriy yilning 24 may kuni soat taxminan 00:30 atrofida 18.06.2002 tug‘ilgan O.Sh. Mirobod tumanida joylashgan «Oybek» metro bekati atrofida bo‘la turib, o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida akasi 13.04.1998 yilda tug‘ilgan O.L.ning ko‘krak qafasi oldi qismiga o‘tkir tig‘li pichoq bilan bir marotaba urib qasddan o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumning jasadini uning katta akasi A. ismli shaxs shifoxonaga olib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan 2023 yil 24 may kuni JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring