Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Avtomobilsiz kun»ni e’lon qilish rejalashtirilyapti

Toshkentda «Avtomobilsiz kun»ni e’lon qilish rejalashtirilyapti

Prezidentning tegishli farmoni loyihasi bilan jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillardan chiqindi gazlar ta’sirini kamaytirish maqsadida Toshkent shahrida oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini qisqartirishga qaratilgan «Avtomobilsiz kun» jamoatchilik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi organlarining rahbar xodimlari va xodimlarigi jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali aholiga namuna ko‘rsatib borish vazifasi yuklanadi.

Mazkur tartibning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun ekologiya va transport vazirliklari hamda Toshkent shahar hokimligi mas’ul etib belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hujjat xali loyiha bo‘lib, yuridik kuchga ega emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring