Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘ldagi qoidabuzarlik bo‘yicha qayta murojaat qilishda davlat xizmati ko‘rsatiladi – loyiha

Yo‘ldagi qoidabuzarlik bo‘yicha qayta murojaat qilishda davlat xizmati ko‘rsatiladi – loyiha

2024-yil 1 oktyabrdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan yuborilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha IIV JXD YHXXga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Bu borada Hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

Mazkur xizmat yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha IIV JXD YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integrallashgan platformasiga integratsiya qilgan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Bunda IIV JXD YHXXga yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan yuborilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar an’anaviy tarzda (og‘zaki yoki yozma) murojaat qilishi mumkinligi ham belgilab qo‘yilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring