Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobuslar 4-sentyabr kuni 1 mlrd so‘mlik «kirim» qilgan

Toshkentda avtobuslar 4-sentyabr kuni 1 mlrd so‘mlik «kirim» qilgan

Yangi o‘quv yilining ilk kuni, 4-sentyabrda Toshkent shahridagi 167 ta yo‘nalishda harakatlangan jamoat transporti ( 1 707 ta avtobus va elektrobuslar)dan jami 806 ming 721 nafar yo‘lovchi foydalangan.

Mazkur avtobuslar oraliq 8-10 daqiqa interval bilan 21 ming 718 marta qatnovni amalga oshirib, davlat budjetiga bir kunda 1 mlrd 1 mln 329 ming so‘m daromad qilgan.

5-sentyabr kuni esa 841 ta avtobus yo‘nalishga chiqarilgan va 414 ming 874 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Ushbu avtobuslar 11 ming 127 marta qatnovni amalga oshirib, jami 482 mln 574,4 ming so‘m «kirim» qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring