Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda topib olingan ayiq bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga keltirildi

Surxondaryoda topib olingan ayiq bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga keltirildi

Yaqinda Surxondaryo viloyatidagi «Uzun» davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining hududda yolg‘iz kezib yurgan Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq bolasini topib olgani xabar qilingan edi. 

Ushbu ayiq bolasining vazni ozligi va ayiqlar odatda qishki uyquga ketishdan oldin, sovuq havoda ularni himoya qilib, ko‘klamgacha yetib olishga imkon beruvchi qalin yog‘ qatlamini yig‘ishlari lozim ekanligi inobatga olinib, Toshkent hayvonot bog‘iga keltirilgan.

«Jonivorni reabilitatsiya markaziga o‘tkazish lozim deb topildi. Ayni chog‘da u mutaxassislar nazorati ostida», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring