Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘nggi olti yilda o‘rmon fondi yerlari 1 mln gektarga kengaydi – O‘rmon xo‘jaligi agentligi

So‘nggi olti yilda o‘rmon fondi yerlari 1 mln gektarga kengaydi – O‘rmon xo‘jaligi agentligi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Nizomiddin Bakirov deputatlarga «O‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanish holati to‘g‘risida»gi axborotini o‘qib eshittirdi.

Axborotda bildirilishicha, so‘nggi olti yil davomida o‘rmon fondi yerlari 1 mln gektarga kengayib, bugungi kunda 11,9 mln gektarni, ya’ni respublika umumiy yer maydonining 26,4 foizini tashkil etadi.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan 2023-yilda 235 ming gektar maydonda o‘rmon barpo qilish va qayta tiklash tadbirlari bajarilgan, o‘rmon fondi yerlarining foydalanilmayotgan 7 012 gektar maydonlari o‘zlashtirilgan.

Orolbo‘yi hududlarining ekololik barqarorligini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida 127,8 ming gektar, Buxoro viloyatida 40,6 ming gektar, Navoiy viloyatida 43,7 ming gektar va Xorazm viloyatida 10,6 ming gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan «yashil qoplamalar» barpo etilgan.

N. Bakirovning ta’kidlashicha, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 3 mln. tupga yaqin daraxtlar va butalarning ko‘chatlari hamda nihollari bepul yetkazib berilgan, 457 gektar maydonda «yashil bog‘lar» barpo etilgan. O‘rmonlarni muhofaza qilish va ko‘paytirish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda, o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini keng jalb qilish choralari ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring