Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq va soliqchilar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi – Prezident

Soliq va soliqchilar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi – Prezident

Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda soliq tizimi va soliqchilar faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, 40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qo‘mitasida yangi tashkil qilinadigan Budjet tashkilotlari inspeksiyasiga o‘tkaziladi. Ushbu Inspeksiya to‘liq raqamlashgan bo‘ladi va G‘aznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi.

Shu kabi soliq qarzdorligi bilan ishlash bo‘yicha ham qo‘mita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi.

Buning hisobiga, tumanlardagi qo‘shimcha 200 nafar soliqchini “mahallabay” ishlash tizimiga o‘tkazish imkoni bo‘ladi.

Respublika soliq tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan alohida tizim bo‘ladi.

Buning uchun Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya tarkibida yangi tuzilma tashkil qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bevosita ishlaydi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring