Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sanitariya me’yorlarini buzganlik uchun jarima miqdori oshirildi

Sanitariya me’yorlarini buzganlik uchun jarima miqdori oshirildi

15 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, sanitariya me’yorlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Bundan buyon sanitariya me’yorlarini buzgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslar esa 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima solinadi. Bungacha ayni turdagi huquqbuzarlik uchun fuqarolar 1 barobardan 3 barobargacha, mansabdorlar esa 5 barobardan 10 barobargacha jarima to‘lashardi.

Biroq jarimalar qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach, ya’ni 2024-yilning 15-fevralidan boshlab kuchga kiradi. Ungacha ayni paytda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan jarimalar amal qiladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amaldagi yuzdan ortiq sanitariya qoida va normalar asosida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun yuridik va jismoniy shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilishlari mumkin. Jarima quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

  • sanitariya to‘g‘risidagi qonunchilik va veterinariya qoidalari buzilganda;
  • o‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanilganda;
  • hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlanganda karantin qoidalari, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning xavfsizligi normalari buzilganda.

Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari – davlat idora va tashkilotlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi shart bo‘lgan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi talablarni belgilaydigan hujjatlardir. Shuningdek, mahsulot va xizmatlarning inson hayoti va sog‘lig‘i uchun foydalanishida ularni xavfsizligini ta’minlaydigan mezonlar majmui xisoblanadi. Ular, Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi va Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Aholining Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunning 39-moddasiga asosan, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring