Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Iyun oyida ya’ni Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)da qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan. Prezidentning 2023 yil 22 dekabrdagi PF-213-son Farmoniga ko‘ra, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 2024 yil 18 iyun — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Shunda, Qurbon hayitida 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 4 kun ketma-ket dam olishadi. Ya’ni:

  • 15 iyun — shanba, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni;
  • 16 iyun — yakshanba, barcha xodimlar uchun umumiy dam olish kuni.

Diqqat! Qurbon hayiti bayramining aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi qaroriga asosan bayramdan 10 kun oldin rasman e’lon qilinadi.

Agar Qurbon hayiti 16 iyun — yakshanbaga to‘g‘ri kelgan taqdirda ham, 17 iyun — dushanba dam olish kuni bo‘ladi. Chunki agar Qurbon hayitining birinchi kuni yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, MK 208-moddasiga ko‘ra dam olish kuni mos ravishda 17 iyun — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Ya’ni Qurbon hayiti 16 iyun — yakshanbaga to‘g‘ri kelgan taqdirda ham 17 iyun — barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.

18 iyun — seshanba, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) qo‘shimcha dam olish kuni.

Muhammadamin Karimjonov,
Toshkent davlat yuridik universiteti
Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring