Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablarda 13 aprel – shanba kuni dars bo‘ladi – vazirlik  

Maktablarda 13 aprel – shanba kuni dars bo‘ladi – vazirlik  

Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi «2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda 2024-yil 8-apreldagi «Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori bilan o‘zbekistonliklar uchun bayram va dam olish kunlari belgilab berilgan edi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi shu munosabat bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy yilning 10–12 aprel (chorshanba – juma) kunlari dam olish kunlari ekani hamda 13-aprel (shanba) kuni barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida rejadagi dars jadvali asosida o‘qish kuni hisoblanishini eslatmoqda.

«Dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv yili yakuniga qadar mavzularni tig‘izlashtirgan holda o‘zlashtirish tavsiya etiladi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring