Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ta’magirlik qilgan akusher-ginekolog va doya ishdan bo‘shatildi

Qashqadaryoda ta’magirlik qilgan akusher-ginekolog va doya ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tibbiyot birlashmasi shifokorining ta’magirlik qilayotgani aks etgan videolavha e’lon qilindi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holatni zudlik bilan o‘z nazoratiga olib, zarur chora-tadbirlarni belgilagan.

Qayd etilishicha, tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi X.G. va doya N.N. ishdan bo‘shatilib, to‘plangan dastlabki hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etilgan.

Vazirlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda vazirlik va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Uning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring