Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qamchiq» dovonida avtotreyler YTHga uchradi. 5 kishi halok bo‘lgan

«Qamchiq» dovonida avtotreyler YTHga uchradi. 5 kishi halok bo‘lgan

11-fevral, yakshanba kuni soat 23:40larda Namangan viloyati Pop tumani «Qamchiq» dovoni hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 222-kilometrida 1983-yilda tug‘ilgan haydovchi K.Y. DAF rusumli yuk avtomobilini (yengil avtomobillarni tashuvchi) boshqarayotib yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishni ajratib turuvchi to‘siqqa urilib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan J.A. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, ikkala haydovchi hamda uch nafar yo‘lovchilar tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur YTH vaqtida DAF rusumli yuk transport vositasiga ortilgan bir qancha yengil avtomobillar pastlikka tushib ketgan. Ushbu avtomobillarni maxsus texnika yordamida pastlikdan chiqarib olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring