Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Metan zapravka»lar bugundan bosqichma-bosqich ochiladi

«Metan zapravka»lar bugundan bosqichma-bosqich ochiladi

Gaz bosimining kamayganini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida mamlakatimizdagi barcha metan zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bugundan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda.

Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

«Tabiiy gaz hajmi me’yoriy sxemaga yaqinlashyapti. Biroq sovuq ob-havo tufayli gaz bosimining pasaygani me’yoriy sxemaning to‘liq tiklanishini kechiktirmoqda.

Magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketishi oqibatlarini bartaraf etish, respublika iste’molchilari hamda issiqlik elektr stansiyalarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida bir qator zarur choralar ko‘rilmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, «metan zapravka»lar bilan bog‘liq vaziyat haqida kun davomida rasmiy axborot manbalari orqali xabar qilib borilishi aytildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring