Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Metan zapravka»da janjal: odam o‘lgani haqidagi gaplarga oydinlik kiritildi

«Metan zapravka»da janjal: odam o‘lgani haqidagi gaplarga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda metan gaz shoxobchasida ommaviy janjal yuz bergani videosi xabarlar tarqaldi.

Aniqlanishicha, mazkur holat kecha 26 fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib, hududiy IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov-surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi va jamoatchilikka axborot beriladi, deyiladi IIBB ma’lumotida.

Janjalda odam o‘lgani haqidagi ma’lumotlar esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. 

Eslatib o‘tamiz,  avval Farg‘ona vodiysida shunga o‘xshash voqea kuzatilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring